13–16 yoshli oʻsmirlar uchun ingliz tili kursi
Oʻsmir uchun ingliz tili — kelajakdagi imtihon, universitet va ish. Shuning uchun bu guruhlarda sur'at tezroq, grammatika chuqurroq, mavzular esa ularning hayotiga yaqin.
Darslar qanday oʻtadi
Dars 90 daqiqa. Har darsda toʻrt koʻnikma ustida ishlanadi: tinglash (audio va video), gapirish (juftlikda va guruhda muhokama), oʻqish (matn va vazifalar) va yozish (xat, insho, izoh). Grammatika alohida quruq qoida sifatida emas, mavzu ichida oʻrganiladi.
Mavzular oʻsmirga qiziq: doʻstlar, sport, texnologiya, sayohat, kelajakdagi kasb. Bola oʻz fikrini ingliz tilida aytishga oʻrganadi — bu maktabdagi darsdan asosiy farqi.
Qaysi darslik boʻyicha
Oʻsmirlar guruhi Cambridge Prepare darsligi boʻyicha oʻqiydi. Bu darslik aynan 11–16 yoshlilar uchun yozilgan va CEFR darajalariga (A1, A2, B1) aniq bogʻlangan, shuning uchun bola qaysi bosqichda ekanini aniq bilib boradi.
Darsga yordam
Maktabdagi ingliz tili mavzulari mustahkamlanadi — baho ham koʻtariladi.
Keyingi qadam
Dastur CEFR ga bogʻlangan, kelgusida Multilevel yoki IELTS ga tayyorgarlik osonlashadi.
Erkin suhbat
Har darsda gapirish mashqi — bolaning tili «ochiladi».
Ota-ona nazorati — bosim oʻtkazmasdan
Oʻsmir yoshida doimiy nazorat qarshilik tugʻdiradi. Shuning uchun biz tayyor maʼlumot beramiz: har darsdan keyin Telegramga davomat, mavzu, faollik va uy vazifasi haqida xabar keladi. Ota-ona kabinetida esa baholar va oʻzlashtirish grafigi koʻrinadi — «darsga bordingmi?» deb soʻrab yurishga hojat qolmaydi.
Guruh va jadval
- Guruhda 12–15 oʻquvchi, yosh boʻyicha ajratilgan.
- Haftada 3 marta, dars 90 daqiqa.
- Darajani bepul darslarda ustoz aniqlaydi — nolldan boshlovchilar uchun ham guruh bor.
Kichik farzandingiz boʻlsa, 8–12 yosh guruhi alohida; bosqichlar haqida Dastur sahifasida oʻqing.
Koʻp beriladigan savollar
Farzandim maktabda ingliz tilini oʻqiydi, yana kerakmi?
Maktabda asosan yozma vazifa va grammatika boʻladi, gapirish mashqi kam. Bizda har darsda suhbat bor — maktab bahosi ham, tili ham shundan yaxshilanadi.
Oʻsmir uchun dars zerikarli boʻlmaydimi?
Mavzular ular qiziqadigan narsalar: sport, texnologiya, sayohat, kasb. Dars muhokama va juftlikdagi ishga qurilgan, quruq yodlash yoʻq.
IELTS ga tayyorlaysizmi?
Hozirgi dastur CEFR boʻyicha B1 gacha olib boradi. Bu — Multilevel va IELTS ga tayyorgarlik uchun mustahkam poydevor.
Dastlabki 3 ta dars — bepul
Farzandingiz oddiy oʻquvchi kabi 3 ta toʻliq darsda qatnashadi. Yoqmasa — hech qanday toʻlov yoʻq.
Ariza qoldirish Qoʻngʻiroq qilish