8–12 yoshli bolalar uchun ingliz tili kursi

Bu yoshda bola tilni qoida yodlab emas, oʻyin, qoʻshiq va harakat orqali oʻrganadi. Shuning uchun kichik yoshdagilar uchun alohida guruh, alohida darslik va alohida sur'at.

Darslar qanday oʻtadi

Bir dars 90 daqiqa davom etadi va bir necha qisqa bosqichga boʻlinadi: takrorlash oʻyini, yangi soʻzlar, qoʻshiq yoki chant, juftlikda gapirish, hikoya va yakuniy oʻyin. Bolaning diqqati bir joyda uzoq turmaydi — shuning uchun faoliyat har 10–15 daqiqada almashadi.

Darsda bola gapiradi: ustoz savol beradi, bolalar juftlikda mashq qiladi, kichik sahnalar oʻynaladi. Yozish va oʻqish asta-sekin, bola tovushlarni oʻzlashtirgandan keyin qoʻshiladi.

Qaysi darslik boʻyicha

Kichik guruhlar Cambridge University Press ning Kidʼs Box darsligi boʻyicha oʻqiydi — bu dunyoda eng koʻp qoʻllaniladigan bolalar darsliklaridan biri. Har bir unit oʻz mavzusiga ega: salomlashish, sonlar, ranglar, maktab, oʻyinchoqlar, oila, uy hayvonlari, kiyimlar.

MAVZU

Yaqin va tanish

Oila, uy, maktab, oʻyinchoq — bola kundalik hayotida koʻradigan narsalar.

USUL

Qoʻshiq va chant

Ritm bilan aytilgan soʻz uzoq esda qoladi — shuning uchun har unitda qoʻshiq bor.

NATIJA

Birinchi jumlalar

Bir yil ichida bola oʻzi, oilasi va kuni haqida sodda jumlalar bilan gapira boshlaydi.

Ota-ona nimani koʻradi

Har darsdan keyin Telegram botimiz sizga xabar yuboradi: bola darsga keldimi, qaysi mavzu oʻtildi, darsdagi faolligi qanday boʻldi va qanday uy vazifasi berildi. Bundan tashqari ota-ona kabineti bor — davomat, baholar va uy vazifalari tarixi oʻsha yerda saqlanadi.

Bola yigʻgan «kumush tangalar» — darsga oʻz vaqtida kelgani, yaxshi baho va faolligi uchun. Tangalarni markazdagi sovgʻalarga almashtiradi. Bu kichik yoshdagilar uchun juda kuchli ragʻbat.

Guruh va jadval

  • Guruhda 12–15 bola — har biri gapirishga ulguradi.
  • Haftada 3 marta, dars 90 daqiqa.
  • Vaqtni maktab jadvalingizga qarab tanlaysiz.
  • Bola hech narsa bilmasa ham boʻladi — birinchi bosqich aynan noldan boshlaydiganlar uchun.

13 yoshdan oshgan farzandingiz uchun oʻsmirlar guruhi alohida ishlaydi, butun dastur esa Dastur sahifasida yozilgan.

Koʻp beriladigan savollar

Bolam 8 yoshda, hech narsa bilmaydi — qiyin boʻlmaydimi?

Yoʻq. Birinchi bosqich alifbo, tovushlar va birinchi soʻzlardan boshlanadi. Bepul darslarda ustoz bolaning darajasini koʻrib, mos guruhni tavsiya qiladi.

Uy vazifasi koʻpmi?

Yoʻq. Kichik yoshdagilarga uy vazifasi qisqa va oʻyin shaklida beriladi — odatda 10–15 daqiqalik ish. Maqsad — charchatish emas, darsdagi soʻzlarni mustahkamlash.

Bola darsga kelmasa, bilamanmi?

Ha. Bola darsga kelmasa yoki kechiksa, Telegram orqali darhol xabar boradi.

Dastlabki 3 ta dars — bepul

Farzandingiz oddiy oʻquvchi kabi 3 ta toʻliq darsda qatnashadi. Yoqmasa — hech qanday toʻlov yoʻq.

Ariza qoldirish Qoʻngʻiroq qilish

Boshqa sahifalar

Qoʻngʻiroq Bepul darsga yozilish