Oʻquv dasturi: oddiy soʻzlardan erkin suhbatgacha
Dastur 6 bosqichdan iborat. Har bosqich 2,5–3 oy (10–12 hafta) davom etadi. Bola oʻz darajasidan boshlaydi va har bosqichda aniq natijaga chiqadi.
Bosqichlar
Boshlangʻich qadam
Alifbo, tovushlar, birinchi soʻzlar va sodda jumlalar. Nolldan boshlaydiganlar uchun.
Tanishuv va oila
Oʻzi va atrofi haqida gapirish, kundalik iboralar, sonlar va ranglar.
Oʻqish va yozish
Qisqa matnlarni oʻqish, asosiy grammatika bilan yozish.
Kundalik muloqot
Maktab, sayohat va qiziqishlar mavzusida suhbat.
Ishonchli soʻzlashuv
Murakkabroq grammatika, fikrni erkin bayon qilish.
Erkin suhbat
Tengdoshlari bilan ingliz tilida bemalol muloqot.
Darsliklar
Markaz Cambridge University Press darsliklari boʻyicha ishlaydi:
- Kidʼs Box — 8–12 yoshli bolalar uchun: oʻyin, qoʻshiq va hikoyaga qurilgan.
- Prepare — 13–16 yoshli oʻsmirlar uchun: CEFR darajalariga aniq bogʻlangan zamonaviy darslik.
Har ikkala darslik ham dunyo boʻyicha million nusxada ishlatiladi va mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirilgan. Bu — dastur «oʻylab topilgan» emas, sinovdan oʻtgan degani.
Har bir dars rejalashtirilgan
Ustoz darsga «shu mavzuni oʻtaman» deb emas, tayyor reja bilan kiradi: darsning maqsadi, yangi soʻzlar roʻyxati, har bosqichga ajratilgan daqiqalar, uy vazifasi. Rejalar platformamizda saqlanadi, shuning uchun bir guruh kasallik yoki bayram sababli dars qoldirsa ham, dastur izidan chiqmaydi.
Bir hafta = bir unit = 3 ta dars. Shu tartib saqlangani uchun bola qaysi mavzuda ekanini ota-ona ham, ustoz ham aniq biladi.
Baholash va oʻsish
- Har darsda faollik baholanadi va uy vazifasi tekshiriladi.
- Bosqich oxirida yakuniy ish — bola keyingi bosqichga tayyormi yoki yoʻqmi, shundan koʻrinadi.
- Natijalar ota-ona kabinetida grafik shaklida saqlanadi.
Yosh guruhlari boʻyicha tafsilotlar: 8–12 yosh va 13–16 yosh.
Koʻp beriladigan savollar
Bir bosqich qancha davom etadi?
Har bir bosqich 2,5–3 oy (10–12 hafta). Jami 6 ta bosqich bor.
Bola qaysi bosqichdan boshlaydi?
Buni bepul darslarda ustoz aniqlaydi. Hech narsa bilmasa — birinchi bosqichdan, allaqachon bilsa — mos guruhdan boshlaydi.
Dars qoldirsa, ortda qolmaydimi?
Har darsning rejasi va materiallari platformada saqlanadi. Ustoz qoldirilgan mavzuni koʻrsatib beradi, uy vazifasi ham oʻsha yerda turadi.
Dastlabki 3 ta dars — bepul
Farzandingiz oddiy oʻquvchi kabi 3 ta toʻliq darsda qatnashadi. Yoqmasa — hech qanday toʻlov yoʻq.
Ariza qoldirish Qoʻngʻiroq qilish