Ustozlarimiz

Markazda darslarni ingliz tili boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar olib boradi. Ular uchun asosiy oʻlchov — bolaning gapira olishi.

Qanday ishlaymiz

Tayyor reja bilan

Ustoz har darsga aniq reja bilan kiradi: maqsad, yangi soʻzlar, bosqichlar va daqiqalar, uy vazifasi. Dars «koʻngilga kelganicha» oʻtmaydi.

Har bola nazoratda

Guruh 12–15 kishidan oshmaydi. Ustoz har darsda kimning gapirgani, kimning jim qolganini belgilab boradi.

Kundalik hisobot

Dars tugagach ustoz davomat, faollik va uy vazifasini tizimga kiritadi — ota-onaga xabar shundan keyin avtomatik ketadi.

Ragʻbat bilan

Yaxshi baho va faollik uchun bola kumush tanga oladi. Bu bolani baho bilan qoʻrqitmasdan, oldinga undaydigan tizim.

Nimaga eʼtibor beramiz

  • Bola gapirsin. Dars vaqtining katta qismi ustozning gapirishiga emas, bolalarning mashqiga ketadi.
  • Xato — tabiiy. Bolani xato uchun uyaltirmaymiz; xato tuzatiladi, lekin gapirish toʻxtatilmaydi.
  • Har kimning sur'ati. Sekinroq oʻzlashtirayotgan bola bilan alohida ishlanadi, tez oʻzlashtiruvchiga qoʻshimcha vazifa beriladi.
  • Ota-ona — hamkor. Bolada muammo koʻrinsa, oy oxirini kutmasdan ota-onaga aytamiz.

Ustozlarimiz ism-sharifi va fotosuratlari maxfiylik sababli saytda berilmagan. Markazga kelganingizda ustoz bilan bevosita tanishasiz — bepul darslar aynan shu uchun ham qulay.

Ustoz boʻlib ishlashni istaysizmi?

Markaz kengaymoqda. Ingliz tili boʻyicha maʼlumoti va bolalar bilan ishlash tajribasi bor mutaxassislar +998 97 375 73 75 raqamiga qoʻngʻiroq qilishlari mumkin.

Ustoz bilan tanishish uchun keling

3 ta bepul dars — bu bir vaqtning oʻzida ustoz, guruh va markaz bilan tanishuv.

Ariza qoldirish Qoʻngʻiroq qilish

Boshqa sahifalar

Qoʻngʻiroq Bepul darsga yozilish